SSSR bergan mukofotlardan voz kechgan shoira vafot etdi

Jamiyat

image

Taniqli shoira Gulchehra Nurullayeva kecha, 15 yanvar kuni 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 1956-1964 yillarda Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan. 

Shoira SSSR davrida olgan mukofotlaridan voz kechgan.

“O‘zbekistonning mustamlaka, o‘zimning qul bo‘lib yashaganimni uzoq yillar bilmagan ekanman. Biz tashqi dunyodan, o‘tmishimizdan butunlay uzilgandik, imperiya mafkurasi ongimizga har tomonlama singdirilgandi. Shu tufayli hamma qatori pioner, komsomol, komfirqa a’zosi bo‘lganman. Xalqimiz Parkentda Komfirqa boshchiligida otilganining ertasigayoq partiya biletini tashladim. Yozuvchilarning 1991 yil oktyabr oyida bo‘lgan qurultoyida menga berilgan Lenin komsomoli mukofoti laureati va “Hurmat belgisi” ordenidan voz kechib, uni qaytarib berdim”, deb yozgan Gulchehra Nurullayeva o‘zining tarjimai holida.

Shoiraning “Orzularim qoqadi qanot” (1969), “Tashnaman” (1972), “Ikkinchi bahor” (1973), “Lirika” (1975), “Bag‘ishlov” (1977), “Paxta hidi” (1981), “Nurli nuqtalar” (1986), “Muhabbatning suvrati” (1988) kitoblari chop etilgan.

Shoira 2005 yil o‘z xohishi bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan chiqib ketgan. 2018 yilning 28 noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodkor Gulchehra Nurullayevaga a’zolik guvohnomasi qayta topshirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1763

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing