Srechko Katanetsning onasi vafot etdi
Sport
−
06 fevral 2023 3985 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning onasi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanesning onasi vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qilamiz”, deyiladi tashkilot xabarida.
59 yoshli sloveniyalik murabbiy 2021 yilning sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston milliy jamoasida ishlamoqda. Faoliyati davomida Srechko Sloveniya, Makedoniya va Iroq kabi terma jamoalarni boshqargan.
Katanets futbolchi sifatida “Sampdoriya”, “Shtutgart” kabi taniqli klublarda to‘p tepgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr