Sportdan ketgan Habib buyog‘iga nima bilan shug‘ullanishini aytdi

Sport

image

Aralash janglanr bo‘yicha chempionatning (UFC) yengil vazn toifasidagi umumiy reytingi yetakchisi rossiyalik Habib Nurmuhamedov jangga katta miqdordagi pul evaziga chiqishdan bosh tortgani haqida gapirdi.

“Siz dunyodagi eng zo‘r bo‘lganingizda, taniqli bo‘lganingizda, pulingiz bo‘lganida, hatto davom ettirish uchun kuchingiz bo‘lganida ham bularning barchasiga: “Yo‘q” deysiz. Bu juda qiyin. Odamlar meni hech qachon tushunmasliklari mumkin, ammo men ular qarorimni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilaman”, deydi sportchi.

Habibning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini to‘xtatish kerakligini his qilgan, chunki unda har bir jang va tayyorgarlik kampaniyasi onasining hayotining bir necha kunlarini olib tashlamoqda, degan fikr bor edi.

“Men ushbu sport turiga o‘zimning kimligimni ko‘rsatish va eng yaxshi bo‘lish uchun keldim. Men jahon chempioni, vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchi bo‘ldim, uch marta chempionlik unvonimni himoya qildim, UFC tarixidagi eng yirik jangd ham kamarimni himoya qildim. Yana nima uchun ringga chiqish kerak? Faqat pul uchun kurashiladi, lekin menga pul kerak”, deydi u.

Habib kelajakdagi rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi. 

“Mening bir nechta biznes loyihalarim bor, oilam bilan vaqt o‘tkazaman, farzandlarim bor, akalarim UFCda kurash olib borishyapti, shuning uchun ularni qo‘llab-quvvatlayman”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing