Prezident paxta dalasiga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga safari davom etmoqda. Davlat rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi.

 

Prezident Matbuot xizmatining yozishicha, bu g‘o‘zalarni yetishtirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi.

Hosilni asrab qolish uchun ko‘chma nasoslar yordamida suv qochirilib, yer kultivatsiya va chopiq qilindi. Imkonsiz joylarda paykallar buzilib, qaytadan boshqa ekinlar ekildi. Qiyg‘os ochilgan paxta ana shunday mashaqqatli mehnat natijasi.

“Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi “Oqoltin APK” paxta to‘qimachilik klasterining hamkori. 

 

Shu yerda klasterlar rahbarlari va fermerlar bilan muloqot bo‘ldi. Paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo‘shimcha qiymat yaratish muhimligi ta’kidlandi.

"Klaster va manfaatdorlik - O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi. Ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib bo‘lmaydi", deydi Prezident.

Mazkur klaster tomonidan 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Oqoltin tumanida yiliga 30 ming tonna chigitni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 4 million dollar hamda 50 ming tonna donni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 5,8 million dollar bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing