“Soyuzmultfilm” foydasiga 8 million rubl undirildi
Olam
−
03 noyabr 2022
7480Moskvada joylashgan “Teburasika” restoranidagi Toshbaqa va Timsoh Gena suratlaridan noqonuniy foydalanilgani uchun xo‘rakxona ma’muriyatidan “Soyuzmultfilm” foydasiga sakkiz million rubl undirildi. Bu haqda RIA NOVOSTI nashri xabar bermoqda.
Arbitraj sud qaroriga asosan restoran o‘z dizaynidagi personajlar rasmlarini olib tashlash va nomini o‘zgartirishi belgilangan.
“Sud bizning talablarimizni deyarli to‘liq qondirdi. Biz mashhur animatsion personajdan noqonuniy foydalanilayotganlik holatni isbotlashga muvaffaq bo‘ldik. “Soyuzmultfilm” intellektual mulk huquqiga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boradi va har doim o‘z huquqlarini tiklash uchun muzokaralarga kirishishga tayyor”, - deydi studiya huquqshunosi Anton Strujkov.
Eslatib o‘tamiz, sud jarayoni 2020 yil dekabr oyida boshlangan.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi