Sovet davrida qamalib, Konslagerga surgun qilingan 173 kishining oqlanishi kutilmoqda
Jamiyat
−
19 dekabr 2022
4533Bugun, 19 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 173 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilyapti. Ayni vaqtda QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova ishtirok etmoqda.
Ochiq sud majlisida Oliy sud raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikrom Muslimov raisligida Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova tomonidan keltirilgan protest asosida Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1929 yil 9 dekabrdagi qaroriga ko‘ra ayblangan 9 nafar;
Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Uchlik yig‘inining 1931 yil 12 oktyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra ayblangan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 147 nafar;
O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasining 1932 yil 14 oktyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra ayblangan 15 nafar;
Ichki ishlar xalq komissarligi O‘rta-Osiyo okrugi qo‘mondonligi harbiy hay’atining 1941 yil 5 noyabrdagi hukmiga ko‘ra ayblangan 2 nafar shaxsga oid jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda.
Sudlangan shaxslarning aksariyati O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining (eski tahrirdagi) 78-moddasi bilan aybdor deb topilib, Konslagerga surgun qilingan.
LiveBarchasi