Sotuvchi ayollar sudralganidan so‘ng 11 soliqchi ishdan olindi. Mutasaddilarga hayfsan berildi

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha tezkor tekshiruv o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining 11 nafar xodimi, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan uch nafar soliq inspektori ishdan bo‘shatildi va ularning barcha maxsus unvonlari bekor qilingan.  

Shu bilan birga, Toshkent viloyati DSB boshlig‘i o‘rinbosari hamda Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘iga hayfsan berilgan. 

Sotuvchi ayollarni yerda sudrab, ularning buyumlarini tortib olgan xodimlar kechirim so‘ragan.

DSQ axborot xizmati xabar berishicha, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida shu paytga qadar noqonuniy faoliyat yuritgan fuqarolarga tegishli huquqiy yordam ko‘rsatilib, faoliyati qonuniylashtirilgan. 

Ularga Olmaliq shahridagi savdo markazidan tegishli joy ajratib berilgan. Shuningdek, kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilib, ulardan biriga tikuv mashinasi hadya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, voqeadan so‘ng Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev videodagi holat yuzasidan munosabatini bildirib, videomurojaat yo‘llagandi. Unda DSQ raisi xalqdan kechirim so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing