Sotish, tashish, tekshirish. Alkogol bozorini nimalar kutmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 23 iyuldagi PF–6033-son Farmoni bilan sohaga bir qator o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan, deb yozmoqda “Norma”.

2020 yil 1 avgustdan boshlab:

•    alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi (hozir eng ko‘p amal qilish muddati – 2 yil, tahr.);
•    ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka bo‘yicha aksiz solig‘i solinadi;
•    ishlab chiqaruvchilar iste’mol etil spirtining 50 foiz haqini oldindan to‘lash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega (hozir – 100 foiz).

2020 yil 1 oktyabrdan boshlab litsenziya yoki ruxsat guvohnomalarisiz ishlab chiqarilgan va sotilgan, identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari haqida dalolat beruvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlarning yangi turi joriy etiladi. Ularni tashkil etilgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda quyidagi korxona va tashkilotlarda o‘tkazadi:

•    iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda;
•    alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda.

Iste’mol va texnik etil spirti tashiladigan avtotransportga nisbatan yangi talablar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xususan, u quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:

•    2021 yil 1 iyuldan boshlab – real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS);
•    2022 yil 1 yanvardan boshlab – iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich.

Alkogol reklamasi ham liberallashtiriladigan bo‘ldi. Mahalliy ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari uchun istisnoli holatlar joriy etiladi. Ikki oy muddatda ularning reklamasiga quyidagi hollarda ruxsat berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi:

•    mehmonxonalarda, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo zalining ichki qismida hamda mahsulotlarni namoyish va degustatsiya qilish joylarida;
•    axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini ko‘rsatgan holda ishlab chiqaruvchi va savdo korxonalarining rasmiy veb-saytlarida;
•    temir yo‘l va havo transporti vositalarida;
•    OAVda mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga.


Maqola muallifi

Teglar

alkgol'

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar