O‘zbekistonda ov turizmiga shart-sharoitlar yaratiladi

Jamiyat

image

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston turizm magistrali” bo‘ylab turistlar uchun zarur infratuzilma ob’ektlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga asosan ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni ishlab chiqiladi:

•  maxsus ko‘chma do‘konlar, kioskalar va kafe-furgonlarda (“fudtrak”) umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatishga (“strit-fud”) ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

•  “MICYe” – tadbirlarni o‘tkazish uchun tegishli infratuzilmaga ega ob’ektlar ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish dasturi tasdiqlash to‘g‘risida qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Madaniyat vazirligi, Davlat turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlar idorasi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqadi:

•  turistlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida jamoat joylarida tahorat va ibodat qilish joylariga xos na’munaviy talablar;

•  ziyorat qadamjolarida bo‘lish, madaniy va ibodat binolarini ziyorat qilish qoidalari.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Qizilqum davlat qo‘riqxonasi va Hisor tog‘-archa davlat qo‘riqxonalarini ov turizmi uchun sharoitlar yaratgan holda milliy bog‘larga aylantirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va jamoatchilikning xayvonlarga ov qilish uchun ruxsatnomalar berishga moratoriy joriy qilish bo‘yicha taklifi ma’qullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

ov turizmi

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar