Sony va Honda yangi avtomobil brendini namoyish etdi

Texnologiya

image

Sony va Honda kompaniyalari yangi Afeela nomidagi avtomobil brendini taqdim etdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Honda zavodlarida ishlab chiqariladigan yangi mashina haydovchi bilan bevosita muloqotni amalga oshira oladi. Mashinaning ichki va tashqi tomonida joylashgan 45 kamera orqali haydovchining ruhiy va jismoniy holati doimiy nazoratda bo‘ladi. Haydovchida harakatlanish uchun yetarlicha imkoniyat mavjud bo‘lmasa, mashina unga ogohlantirish signalini jo‘natadi. Shuning uchun ham mashinaga “afeela” ya’ni “his-tuyg‘u” nomi berilgan.

Ma’lumot uchun, Sony va Honda 2022 yilda elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etgan kompaniyalardan biridir.

Qo‘shma korxona bosh direktori Yasuxide Mizunoning so‘zlariga ko‘ra, yangi mashinalarni 2025 yildan boshlab sotib olish mumkin.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing