Somalida yirik portlash sodir bo‘ldi. Vazir jarohatlandi
Olam
−
17 iyul 2022 8150 1 daqiqa
Somalining janubidagi Xirshabel shtati Jovhar shahridagi mashhur Nur Dob mehmonxonasi oldida bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, “Anadolu” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, jarohatlanganlar orasida shtat Sog‘liqni saqlash vaziri ham borligi aytilmoqda. Odatda mehmonxonaga tez-tez Xirshabel ma’muriyatining yuqori martabali vakillari tashrif buyurishadi.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, portlash qo‘shni binolarga ta’sir qilgan. Bu so‘nggi paytlarda mamlakatda sodir bo‘lgan eng yirik portlashlardan biridir.
Hozirgacha hech bir terror tashkiloti hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Biroq hujum ortida “Al-Qoida” bilan yaqin aloqada bo‘lgan “Al-Shabob” guruhi turgani taxmin qilinmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28