Somalida vazirlikdagi portlashda 100 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
30 Oktabr 2022
5754Somali poytaxti Mogadishuda, Ta’lim vazirligi binosida ikkita bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘ldi, 300 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bayonotiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlashlar kecha, 29 oktyabr kuni tunda sodir bo‘lgan. Portlashlardan so‘ng xavfsizlik kuchlari va “Ash-Shabob” jangarilari o‘rtasida otishma boshlangan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida poytaxt politsiyasi rahbari Xodan Husayn Adad va jurnalist Muhammad Isse Kona ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar, Turkiya va Efiopiya aviakompaniyalari teraktlardan qo‘rqib, 29 oktyabr kuni Mogadishoga parvozlarni bekor qilgan.
LiveBarchasi