Gastrol-konsert faoliyatida elektron bilet tizimi joriy etiladi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
3670O‘zbekistonda endi o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan fuqarolar ham soliqqa tortiladi. Mamlakatda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan O‘zbekistonda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish chora-tadbirlari 2020 yil 20 martga qadar amaliyotga tatbiq etiladi.
Loyihalarda:
• xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish
• va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash;
• “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini nazoratga olish;
• internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi sub’ektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashni hisobga olgan holda soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish;
• “yuk tashish monitoringi” yagona axborot platformasida tijorat transporti sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va amalga oshirish monitoringi uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish;
• “E-ombor” tovarlarini hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish, import qilinadigan tovarlar bo‘yicha elektron shaklda hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash;
• import qilingan oziq-ovqatlar, ma’danli va gazlangan suvlar, tarkibida alkogol bo‘lmagan boshqa ichimliklarni majburiy markirovka qilishni bosqichma-bosqich joriy etish;
• coliq organlarida markirovka qilish majburiy bo‘lgan tovarlarni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
• gastrol-konsert faoliyatida elektron bilet tizimini joriy etish;
• yakka tartibdagi tadbirkorlar noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
• o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, ularni soliqqa tortish, ish stajini hisobga olish va faoliyat yuritish tartibini soddalashtirish;
• “yashirin iqtisodiyot” sub’ektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish;
• savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari tomonidan ishlatilayotgan turli dasturiy mahsulotlarni Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga integratsiya qilish;
• bankomatlar orqali naqd pul mablag‘ini bank plastik kartalari yoki bank hisob raqamlariga o‘tkazish imkoniyatini yaratish;
• mazkur karta va hisob-raqamlar egalariga amalga oshirilgan operatsiya qiymatining ma’lum miqdorida bonuslar taqdim etish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar – Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
LiveBarchasi