Soliq idorasi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Soliq idorasi mansabdori 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qamashi tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamagani sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MCHJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MCHJ rahbaridan 4000 AQSH dollari talab qilgan.

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurishish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro oldindan 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln so‘m pora talab qilgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamashi pora Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing