“Solar Orbiter” Quyoshning yuqori aniqlikdagi suratlarini oldi

Texnologiya

image

Yevropa kosmik agentligining “Solar Orbiter” avtomatik kosmik kemasi Quyoshni tarixdagi eng yaqin masofa, 74 million kilometrdan suratga oldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, suratlar ekstremal ultrabinafsha nurlanishni o‘lchash asbobi yordamida olingan. Hammasi bo‘lib, olingan tasvir 9148x9112 pikselli panjarada 83 milliondan ortiq pikselni o‘z ichiga oladi, bu 4K televizor ekranidan o‘n baravar yaxshiroq.

Quyoshning bunday yaqin masofadan olingan tasvirlari issiqlik va yorug‘likning bu ulkan manbasining magnit faolligini yaxshiroq tushunishga yordam berishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Solar Orbiter” NASA ko‘magida Yevropa kosmik agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Solar Orbiter” uchuvchisiz kosmik kemasi 2020 yil fevral oyida Quyosh energiyasini tadqiq qilish uchun Amerikadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmik stansiyadan uchirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing