Soqol yo‘q endi, bolakay – Makgregor (Foto)

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor imijiga o‘zgartirish kiritib, soqolidan voz kechdi. U soqolsiz tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirib, surat ostiga quyidagicha izoh qoldirgan. 

“Soqol yo‘q endi, bolakay. Non ham yo‘q”, deb yozib qoldirdi.

Konor so‘nggi jangini o‘tgan yili iyul oyida UFC 264 turnirida o‘tkazdi. Asosiy bahsda Makgregor yengil vazn toifasidagi sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Pore bilan to‘qnash kelib,birinchi raunddayoq taslim bo‘lgandi.  O‘sha jangdan beri irlandiyalik sportchi UFC'da jang o‘tkazmadi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Makgregor UFC'da 28 ta jangda qatnashib, janglarning 22 tasida g‘alaba qozongan. 6 ta to‘qnashuvda esa mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing