Sog‘lom va uzoq yashash sirlari

Salomatlik

image

Salomat yashayman degan kishi har qanday xafachilik, asablarni buzuvchi, zo‘riqish (stress)ga sabab bo‘luvchi narsalardan uzoq yurishi kerak. Behuda va bekorchi ishlardan chetda bo‘lish, o‘ziga yoqimli va foydali mehnat bilan shug‘ullanish odamlar bilan munosabatlarda xushfe’llik, samimiylik, murosali bo‘lish асаб buzilishining oldini oladi.

Umrim uzoq bo‘lsin degan kishi yeydigan taomiga katta e’tibor bersin. Ortiqcha taom umrni qisqartirgani kabi pala-партиш, nima o‘ng kelsa yeyaverish ham zararlidir. Dasturxoningizdan sut-qatiq, asal, ko‘kat va sabzavot kabi sof, tabiiy narsalar uzilmasin.

Yoshi yetmishdan o‘tganlarning har ikkinchisi xotirasizlik kasaliga chalinadi. U asosan Ye darmondorisi yetishmasligidan kelib chiqadi. Kaliforniya dorilfununida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Ye darmondorisi olib turish xotiraning pasayishini sekinlashtirar ekan. Ye vitamini apelsin, qovun, bodom , yong‘oq, semichka va uning yog‘i tarkibida bor.

Buyrak, o‘t pufagida tosh paydo bo‘lishiga, suyaklarning mo‘rtlashib qolishiga vujudda kalsiy moddasi yetishmasligi «айбдор». Tanada bu moddaning yetishmasligi yuzdan ortiq kasallikni keltirib чиқарар ekan. Yurtimizda o‘sadigan juda ko‘p sabzavot-ko‘katlarda, chorva mahsulotlarida, baliqda bu modda керагича topiladi. 

Muntazam asal, xurmo, uzum, olma kabi ne’matlarni iste’mol qilib yurish, vaқти-vaқти bilan қон oldirish, toza suv yoki meva sharbatlari ichish salomatlikni mustahkamlash, bardam yashash omilidir.

Zarnigor ABDUMALIKOVA


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing