Sog‘lom nonushta qanday bo‘lishi kerak?

Salomatlik

image

Butun dunyo diyetologlari nonushta qilish muhim ekanini ta’kidlaydi. U nafaqat butun kundagi kayfiyatga ta’sir qiladi, balki ishtahani ham o‘z nazoratiga oladi. Xo‘sh, ertalab nima yegan afzal? 

Bo‘tqa

Bo‘tqalar nonushta uchun maqbul yechim. Ulardagi  uglevodlar uzoq vaqt davomida energiya bilan ta’minlaydi va kechki ovqatga xohishni “o‘ldiradi”. Suli yormasi, guruch, grechka, yasmiqdan tayyorlangan bo‘tqalar nonushta uchun juda foydalidir.

Oqsilli mahsulotlar 

Oqsilga boy mahsulotlar bilan nonushta qilishning sog‘liq va go‘zallikka foydasi katta. Oqsil aqliy va jismoniy ish uchun juda ko‘p energiya berishga qodir. Buning uchun ideal retseptlardan biri yog‘ ishlatmasdan pishirilgan omlet. Ikki yoki uchta tuxum, yog‘siz sut bilan 7-10 daqiqada mukammal nonushta tayyorlash mumkin.

Buterbrod

Ertalab buterbrod yeyishni yoqtirasizmi? Buning yechimi bor, ya’ni donli nonlardan buterbrod tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday nonlarda ko‘plab mikroelementlar va vitaminlar mavjud. 

Sirnik (tvorog, un va tuxumni qorib tayyorlangan ovqat)

Agar ertalab pishirish uchun vaqtingiz bo‘lsa, o‘zingizni sirniklar bilan xursand qilishingiz maqsadga muvofiq. Ularni tayyorlash uchun makkajo‘xori yoki guruch uni, tuxum va yog‘siz tvorog kerak bo‘ladi. Sirniklarni kofe yoki ko‘k choy bilan birga tanovul qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

nonushta

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar