Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Jamiyat

image

Kecha, 3 may kuni Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, butun dunyo, xususan, O‘zbekistonda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Bir oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari O‘zbekistonda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi.

“Aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o‘zim, oila a’zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin”, deydi Bahodir Yusupaliyev.

Ma’lumot uchun, 3 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda virusga qarshi emlangan fuqarolar soni 856 016 nafarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing