Sog‘liqni saqlash kodeksi qabul qilinadi
Jamiyat
−
30 dekabr 2019 5280 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.
Kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
• Sog‘liqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;
• sog‘liqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;
• sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;
• tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, ko‘rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;
• sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorati, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;
• sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
• sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;
• sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni normasini belgilash;
• sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq
• va majburiyatlari;
• tibbiy va farmatsevtik faoliyatlarning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.
Kodeksni ishlab chiqishga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul etib belgilangan.
Kodeks loyihasi 2020 yilning 1 iyuligacha Vazirlar Mahkamasiga, 1 avgustgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatsiga kiritilishi kerak.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust