“Sof mudofaa maqsadida”. AQSH Polshaga ikkita “Patriot” joylashtiradi
Olam
−
09 mart 2022 11631 1 daqiqa
AQSH Qurolli Kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi (EUCOM) “AQSH va NATO ittifoqchilariga bo‘ladigan potensial tahdidga qarshi turish uchun” Polshaga “Patriot” zenit-raketa komplekslarining ikkita batareyasi yuborilganini e’lon qildi.
EUCOM qo‘mondoni general Ton Uoltersning aytishicha, bu qaror “sof mudofaa maqsadida” qabul qilingan.
Shuningdek, AQSHning Yevropadagi kuchlari vakillariga ko‘ra, bu harakat agressiyani to‘xtatish va NATO ittifoqdoshlarini tinchlantirishga qaratilgan.
“Patriot” – zenit-raketa tizimi qisqa masofali ballistik raketalar, samolyotlar va qanotli raketalarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda AQSH va Polshaning Ukrainaga harbiy samolyotlar berish masalasidagi pozitsiyalaridagi kelishmovchiliklar haqida xabar berilgan edi.
Varshava samolyotlarni Ukraina tomoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki AQSHning Germaniyadagi harbiy bazasi orqali topshirishni taklif qildi.
Pentagon bunga javoban AQSHning samolyotlarni Ukrainaga topshirish jarayonida “ishtirok etishiga” qarshi chiqqan.
Live
Barchasi