Jahon banki Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga grant ajratmoqda
Jamiyat
−
10 mart 2019
5495Toshkent davlat sharqshunoslik instituti akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida "Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish" grant loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Xabar.uz ma’lum qildi.
Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan mazkur grant tanlovi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.
“Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish” grant loyihasi Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassalaridan biri hisoblanuvchi Xankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
140 ming AQSH dollariga teng moliyalashtirish hajmiga ega mazkur grant doirasida institutga sinxron tarjima uchun mo‘ljallangan maxsus texnik jihozlarni xarid qilish va “Ta’lim klasterini” tashkil etilishi nazarda tutilgan.
LiveBarchasi