Sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedovni eng kuchli jangchilar qatoriga kiritmadi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Cyexudo tarixdagi eng kuchli besh nafar UFC jangchilari qatoriga Habib Nurmuhamedovni kiritmasligini aytdi. Cyexudoga ko‘ra, Habib promoshundagi top 10 ta sportchi qatoriga kirishi mumkin.

“UFC tarixidagi eng kuchli jangchi Jon Jons. Keyingi o‘rinlarda Demetrius Jonson, Anderson Silva, Genri Cyexudo va Jorj Cyen-Per. Men o‘zimni ushbu ro‘yxatga kiritdim, chunki men so‘nggi to‘rtta janggimda, uchta dunyoning eng yaxshi yigitlari Jonson, TJ Dillashov va Dominik Kruzni mag‘lub etdim.

Menimcha, Habib Nurmuhamedov kuchli o‘ntalikka kiradi. U men kabi UFC da 12 ta jang o‘tkazgan. Agar, u ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritganida, mag‘lubiyat qayd etmaganligi uchun mendan o‘zib ketgan bo‘lardi”, degan sobiq chempioni Cyexudo.

Eslatib o‘tamiz, Genri Cyexudo oxirgi jangini yengil vazn toifasida UFC’ning haqiqiy afsonasiga aylangan Dominik Kruzga qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgandi. Shundan so‘ng, faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi. Cyexudo MMA olamida o‘zining bahsli gaplari bilan tanilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing