Sobiq rektor Prezident Administratsiyasida ish boshladi
Jamiyat
−
05 yanvar 2022
11756Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2022 yilning 3 yanvarida ushbu lavozimdan ozod etilib, o‘rniga Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlangan.
Nodirbek Sayfullayev 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh direktori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston davlat san’at institutining San’atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.
Nodirbek Sayfullayev 2017-2020 yillarda Madaniyat vaziri lavozimida ishlagan, ayni vaqtda senator Baxtiyor Sayfullayevning o‘g‘li.
LiveBarchasi