Sobiq Prezidentning singlisi koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining 41-Prezidenti, katta Jorj Bushning singlisi Nensi Ellis Bush vafot etdi. 94 yoshli Bushning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan. Bu haqda “The New York Times” uning o‘g‘liga asoslanib xabar berdi. 

Nensi Ellis Bush kecha, 10 yanvar kuni Massachusets shtatidagi qariyalar uyida vafot etgan. O‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda uning ahvoli ancha yomonlashgan edi. 

2020 yil 30 dekabr kuni u yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqizilgan, tekshiruv natijasida unda koronavirus aniqlangan.

Qayd etilishicha, katta Jorj Bushning singlisi oiladagi besh farzanddan biri va yolg‘iz qiz bo‘lgan. U avval akasini, keyinchalik jiyani kichik Jorj Bushni qo‘llab-quvvatlash uchun tashviqot ishlarida faol qatnashgan. 

Ma’lumot uchun, katta Jorj Bush ham 94 yoshida, 2018 yilning 30 noyabrida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nensi Ellis Bush

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar