Sobiq Prezidentlardan biriga qarshi korrupsiya ayblovi bekor qilindi

Olam

image

Braziliya Oliy sudi sudyasi sobiq Prezident Luisa Inasio Lula da Silvaga qarshi korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ayblovlarni bekor qildi. Bu haqda G1 portali xabar bermoqda.

Hukmni chiqarishda Fakin Lula da Silvaning ishlarini ko‘rib chiqayotgan Kuritiba sudi bunga vakolatli emas, deb hisoblagan.

Sudya Edison Fakinning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, u Federal Oliy sudning yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi. Mamlakat Bosh prokuraturasi allaqachon murojaat tayyorlayotganini e’lon qilgan.

Sudyaning qarori Lulu da Silvaning siyosiy huquqlarini tikladi va u yana prezidentlikka nomzodini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaroning ta’kidlashicha, braziliyaliklar Lula da Silvaning prezidentlikka nomzod bo‘lishini istamaydi.

Petrobras korrupsiyasi mojarosi 2014 yilda boshlangan. Kompaniya rahbarlari kontrakt miqdoridan foizga oshirilgan narxlarda shartnomalar tuzishda gumon qilingan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari noqonuniy yo‘l bilan topilgan pullar siyosiy partiyalarni moliyalashtirishga sarflanmoqda, deb gumon qilganda, ish avj oldi. Hukmron Ishchilar partiyasi rahbarlari, shu jumladan Lulu da Silva ham korrupsiyada gumon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing