Sobiq MXXning panjaralarga o‘ralgan binosi sotuvga qo‘yildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi sobiq Milliy Xavfsizlik Xizmatining “Markaziy binosi” ommaviy savdolarga chiqarildi. Bu haqda Respublika Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasida joylashgan “Markaziy bino” hududi bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlangan.
 
Unga ko‘ra, davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Bunda birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi, jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, garov (zaklad) puli kelib tushgani, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoda yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Bunda davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi.

Qayd etilishicha, ushbu binodan kelgusida ofis, savdo, savdo-ko‘ngilochar, madaniy-xordiq, sport, turistik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish faoliyati yo‘nalishlaridan biri yoki bir nechtasini amalga oshirilishi talab etiladi.

Shuningdek, savdo yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 20 kun ichida oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun to‘langan garov (zaklad) puli davlat aktivi xarid to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi.

Davlat tender komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlar so‘rashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing