Sobiq Madaniyat vaziri 10 yilga qamaldi

Olam

image

Moskvaning Zamoskvoreche tuman sudi bugun, 18 iyul kuni Qrim Madaniyat vazirligining sobiq rahbari Vera (Arina) Novoselskayani Qrim davlat bolalar teatr san’ati markazi qurilishi vaqtida 25 million rubl pora olgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS muxbiri sud zalidan xabar berdi. 

“Sud Novoselskayani Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi (yirik miqdorda pora olish) bo‘yicha aybdor deb topdi va uni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini koloniyada o‘tashga hukm qildi”, deya hukmni o‘qib eshittirgan sudya Irina Zorina.  

Sud, shuningdek, unga 128 million rubl miqdorida jarima ko‘rinishidagi qo‘shimcha jazo tayinladi, uni Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvonidan mahrum qildi va 15 yil muddatga ta’lim sohasida davlat organlarida lavozimlarni egallashni taqiqladi. 

Sud qaroriga ko‘ra, 2018 yilda Novoselskaya Qrim davlat bolalar teatr san’ati markazi qurilishi paytida qurilish-montaj ishlarini olib borishda umumiy homiylik uchun “Meander” MCHJ foyda oluvchisidan 25 million rubl miqdorida pora olgan. Sud uni 2021 yilning noyabrida hibsga olgan. Amaldor va uning oila a’zolarining mol-mulki musodara qilingan.  

2007 yildan 2012 yilgacha Novoselskaya Ukraina Oliy Radasi xalq deputati Yelena Netetskayaning yordamchisi bo‘lgan. Keyinchalik u Qrim Avtonom Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari, keyin esa Qrim akademik qo‘g‘irchoq teatrining badiiy rahbari-direktori bo‘ldi. Qrim Rossiya bilan birlashgandan so‘ng, Novoselskaya respublika Madaniyat vazirligi rahbari bo‘ldi. 2021 yil 22 noyabrda u ishonchni yo‘qotgani uchun ishdan bo‘shatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vera Novosel'skaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar