Sobiq birinchi xonim Obama prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkinmi?

Olam

image

AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama rafiqasi, Amerikaning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning prezidentlik uchun nomzodini qo‘ymasligiga kafolat berdi. Bu haqda u Ispaniyaning "Vanguardia" gazetasiga bergan intervyusida gapirgan

Obama Mishel siyosatni yoqtirmasligini, shuning uchun ham prezidentlik ambitsiyalariga ega emasligini ta’kidlagan. 

Lekin u har qanday holatda rafiqasini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Obama bir paytlar Mishel ham uning har qanday vaziyatida yonida turganini eslagan. 

Shuningdek, intervyuda Obama 2008 yilgi saylov kampaniyasi paytida muxlislari tomonidan sovg‘a qilingan tumorlarni qanday qilib saqlayotgani, irqchilik mavzusi va Amerikaning koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda qanday kurashayotgani haqida gapirgan. 

Avvalroq, Obama prezidentlik davridagi eng katta xatosini aytgani haqida ma’lumot bergandik.

Ma’lumot uchun, Barak Obama 2009-2017 yillarda AQSH Prezidenti bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

MIShEL OBAMA BARAK OBAMA

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar