Sobiq adliya vaziri yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Uzoq yillar davomida sud, adliya organlarida rahbar lavozimlarda ishlagan taniqli huquqshunos Foziljon Otaxonov Xaydarovich Oliy Majlis palatalari Kengashining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori lavozimiga tayinlandi. 

Ma’lumot uchun, Foziljon Otaxonov 1959 yil 18 aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Foziljon Otaxonovning mutaxasisligi huquqshunoslik bo‘lib, uzoq yillar davomida sud, adliya organlarida rahbar lavozimlarda ishlagan taniqli huquqshunos hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur institut 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, Oliy Majlis palatalari, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash, ularning faoliyat samaradorligini oshirish, parlamentning qonun ijodkorligi ishlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma Qarori asosida 2017 yil 29 dekabr kuni tashkil etilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing