“Sohaga adashib kirib qolgan”. IIOning 12 nafar xodimi pora bilan ushlangan

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 99 nafar xodimlardan 5 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 3 nafariga “jarima”, 4 nafariga “Qattiq hayfsan”, 30 nafariga “hayfsan” hamda 57 nafariga “tanbeh” intizomiy jazolari e’lon qilingan. Bu haqda bugun, 7 oktyabr kuni tashkil etilgan Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik Kengashi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, o‘tgan vaqt mobaynida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga kamaygan.

Yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlari orasida shaxsiy manfaatlarini xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan xodimlar uchrab turgani ham qayd etilib, bunday xodimlar “sohaga adashib kirib qolgan” deya ta’riflandi. Turli huquqbuzarliklar va jinoyat sodir etgan xodimlarning xatti-harakati jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘lib, ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar shakllanishiga olib kelayotgani ta’kidlandi.

Xususan, yilning o‘tgan 9 oyi davomida respublika bo‘yicha 12 nafar xodim pora olgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ta’kidlanishicha, fuqarolar tomonidan taklif qilingan porani olmasdan, pora berish jinoyatini fosh etishda shaxsiy tashabbus ko‘rsatgan 213 nafar xodim rag‘batlantirilib, pora taklif qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan.

Sohaviy xizmatlar kesimida tahlil qilinganida esa, eng ko‘p pora taklif qilinishi holati yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida 109 ta holatda, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida 35 ta holatda, tezkor-qidiruv faoliyati yo‘nalishida 31 ta holatda, jazoni ijro etish muassasalarida 14 ta holatda, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishida 10 ta holatda, jinoyatlarni tergov qilish faoliyatida 7 ta holatda, Transportda xavfsizlikni ta’minlash departamenti faoliyati yo‘nalishida 3 ta holatda, Probatsiya yo‘nalishida 2 ta holatda xizmat vazifalarini bajarayotgan xodimga pora tariqasida pul mablag‘lari taklif etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar