SMRM xodimlari maoshi ikki baravar oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qarorda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xodimlarining oylik maoshlarini 2 barobarga oshirish rejalashtirilgan.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi hodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarif koeffitsiyentlari 2 baravar miqdorida qo‘llanadi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari muvofiq tasdiqlanadi.

Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • aholi va hizmat ko‘rsatuvchi hodimlarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalarga tayyogarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va muntazam seminar-treninglar o‘tkazish;
  • zilzilalarni vujudga kelish mexanizmi va tabiati hamda zilzila darakchilarini turli geodinamik jarayonlarda namoyon bo‘lishi, seysmik tebranishlarni turli geologik muhitda tarqalish va so‘nish qonuniyatlarini o‘rganish, seysmik tebranishlarni mahalliy grunt sharoitiga bog‘liq o‘zgarishi yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni kengaytirish va takomillashtirish;
  • jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda shahar hududlarining seysmik xavfini va seysmik ta’sirini muhandis ko‘rsatkichlarda baholash va seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini nafaqat makroseysmik ballarda, balki seysmik tezlanishlarda, spektr amplitudalarda va javob spektrlarda tuzishni joriy qilish;
  • binolar, gidrotexnik inshootlar, yer osti, yer usti va gruntga ko‘milgan inshootlar, yo‘lo‘tkazgichlar, ularning elementlari, jumladan kompozit materiallardan tashkil topgan inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda seysmik mustahkamlikni ta’minlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni rivojlantirish;
  • O‘zbekiston hududlarini seysmik xavfsizligini baholash va bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzalalar zararini kamaytirish, jumladan zilzila keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi omillar va boshqa favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
  • bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi va mustahkamligini ta’minlash bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish;
  • Respublika hududida qurilayotgan ob’ektlarning seysmik xavfsizlik bo‘yicha me’yoriy hujjat talablariga muvofiqligini baholash va nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirish;
  • yangi qurilayotgan bino va inshootlarga seysmik mustahkamlik va havfsizlikni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish;
  • seysmik stansiyalarning ishlashini zamon talablaridan va jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda takomillashtirish hamda prognoz yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarni jahon tajribasini o‘rgangan holda kengaytirish;
  • qo‘shni respublikalar bilan seysmologik ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Maqola muallifi

Teglar

seysmologiya

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar