Habib va Fergyuson oktagondan oldin jurnalistlar qarshisiga chiqadi
Sport
−
27 fevral 2020
6775UFC bo‘yicha yil jangi deya ta’riflanayotgan Toni Fergyuson va Habib Nurmuhamedov o‘rtasidagi to‘qnashuv sanasi ma’lum bo‘ldi. UFC Nurmuhamedov va Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang oldidan birinchi matbuot anjumani o‘tkazilish sanasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha jangchilar ishtirokidagi matbuot anjumani 6 mart kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson avvalroq oktagonda uchrashishlari kerak edi. Ammo, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ushbu jang ayrim sabablarga ko‘ra 4 marotaba qoldirildi.
Ayni paytda ikki sportchi ham bo‘lajak jang uchun AQSHda tayyorgarlik olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu jang shu yilning 18 aprel sanasida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi