Sizlar menga va’da berishingiz kerak – Mirziyoyev Shayxontohurdagi maktabga bordi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyin hududlar ahvoli bilan tanishishni Toshkentning Shayxontohur tumanidan boshladi. Davlat rahbari tumandagi  joylashgan 41-maktab ahvolini borib ko‘rdi. Tashrif davomida davlat rahbari o‘ziga ko‘p xulosa olganini aytdi.

“Hammangiz eshitdilaringiz ta’lim, ta’lim, muallim, muallim deb juda ko‘p gapirdik. Ta’lim bilan muallimga sharoit yaratishimiz kerak. Ta’lim bilan muallimni obro‘sini ko‘tarsak, ta’lim sifatini oshirsak yaxshi bo‘ladi. Hozir odamlar kutyapti, nima bo‘lar ekan, “ura-ura” bo‘ldi-ku endi nima bo‘ladi deb. Bu yerdan o‘zimga ko‘p xulosa qilib ketyapman”, deya ta’kidladi Shavkat Mirzyoyev.

Prezident dastlab maktabning sport zali, keyin oshxonasi bilan tanishdi. Sport zalda dars o‘tayotgan 5-sinf o‘quvchilariga sport zalni ta’mirlab berishga va’da berdi. 

“Albatta, sport zallaringni ham ta’mirlab beramiz, sharoitni ham yaxshilaymiz, lekin sizlar menga jismoniy tarbiya bilan ko‘proq shug‘ullanishni va’da berishlaring kerak”, deya ta’kidladi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing