Siz tinch aholiga qarshi kurashadigan ojizlarsiz – Zelenskiy rus harbiylariga murojaat qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqqa murojaatida Rossiya Qurolli Kuchlarining Krivoy Rog shahriga bergan zarbalariga izoh berdi.

“Bugun sizning raketa hujumlaringiz, Rossiya raketalari Krivoy Rogga, Karachunovskiy suv ombori to‘g‘oniga, umuman harbiy ahamiyatga ega bo‘lmagan ob’ektlarga, aslida yuz minglab oddiy fuqarolarga zarba berdi. Bu Rossiya yutqazishining yana bir sababi. Rossiya nafaqat bu urushda, balki tarixning o‘zida ham yutqazadi. Tarixni odamlar yozadi, yomon insonlar – hech qachon. Tarixda kimlar qoladi? Bu raketalar bilan zarba berganlarning hammasi. Yurtimizga kelganlar. Zaiflar. Siz – tinch aholiga qarshi kurashadigan zaiflarsiz. Sizlar o‘z nabiralaringizdan uyaladigan terrorchilar bo‘lib qolasiz”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiy rus askarlariga murojaat qilib, ular uchun yagona yo‘l Ukraina kuchlariga taslim bo‘lish ekanini qayd etdi.

“Faqat shu yo‘l ularga hayotini saqlab qolishni va barcha konvensiyalarga muvofiq munosabatni kafolatlaydi. Har bir rus askari hozirgacha faqat Ukraina asirligida, hech kim ulardan Rossiya mutlaqo mag‘lub bo‘ladigan urushda o‘lja sifatida foydalanmasligini tushunishi kerak edi” , deydi Ukraina Prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 14 sentyabr kuni Rossiya qo‘shinlari “Kinjal” va “Iskander” raketalari bilan Krivoy Rog shahrining gidrotexnika infratuzilmasini o‘qqa tutdi. Oqibatda Ingulets daryosida suv sathi ikki-uch metrga ko‘tarildi. 112 ta xususiy uy va dala hovli suv ostida qoldi. Bugun daryoda suv oqimi kamayib, sathi pasaya boshlagan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing