Siz qo‘shningizning yeridan bemalol foydalansangiz bo‘ladi
Jamiyat
−
16 aprel 2019
5900Qonunchilikka muvofiq, yer egasida qo‘shni yer egasining yeridan foydalanishni talab qilishi mumkin bo‘lgan servitut huquqi bor. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Servitut quyidagi maqsadlar uchun belgilanadi:
• yerdan piyoda va transportda o‘tish;
• elektr, aloqa, quvur liniyalarini o‘tkazish;
• suv bilan ta’minlash va boshqa shu kabi holatlar.
Yerga servitut belgilanishi yer egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
Servitut uni talab qilgan shaxs va yer egasi o‘rtasidagi bitimga asosan belgilanadi.
Agar ikki taraf kelisha olmasa, ushbu masala fuqarolik sudida ko‘rib chiqiladi. Servitut haqidagi bitimlar kadastr organlarida ro‘yxatdan o‘tishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazish 1 kunda bepul amalga oshiriladi.
LiveBarchasi