Siyosiy partiyalarning saylovdagi vakolatli vakillari ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiyaning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan guvohnomalar topshiriladigan siyosiy partiyalar vakolatli vakillari: 

Baxtiyor Sultannazirovich Yakubov – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili;

Bahodirjon Mo‘llajon o‘g‘li Mamatxonov – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining vakolatli vakili;

Abdukamol Shodiyevich Rahmonov – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakili;

Saidrasul Saidakparovich Sanginov – O‘zbekiston Ekologik partiyasining vakolatli vakili;

Ulug‘bek Nazarovich Vafoyev – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakili.

Saylov kampaniyasida Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiya o‘rtasida muloqot olib borish, talab etilgan hujjatlarni taqdim qilishni tashkiliy ravishda tartibga solish uchun vakolatli vakil faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Vakolatli vakil, birinchi navbatda, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyaning manfaatini ifodalaydi va uning saylov jarayonidagi ishtirokiga oid masalalarni hal qilib boradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing