Siyosatchi o‘z mamlakatining bir qismini Rossiyaga berishni taklif qildi

Olam

image

“Sog‘lom Serbiya” partiyasi rahbari va munitsipalitet raisi Chayetina Milan  Stamatovich Serbiyaning Kosovo va Metoxiya avtonom o‘lkalarini Rossiyaga ma’lum bir davriga berishni taklif qildi, deya xabar bermoqda “EurAsuaDaily”.

Shuningdek,  Stamatovich o‘z taklifi xalqaro huquqqa to‘la mos keladi, deb hisoblaydi. Uning eslatishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp sotib olishni rejalashtirgan Daniya avtonom hududi bo‘lgan Grenlandiya mustaqil ichki siyosat olib boradi va Daniya yurisdiksiyasi ostida faqat chegaralarni himoya qilish, tashqi siyosat va moliya masalalarini hal qiladi.

"Agar xalqaro huquq suveren hududning bir qismini vaqtincha uchinchi bir davlatning nazorati ostiga olishga imkon bersa, Serbiya Kosovo va Metoxiyaga nisbatan buni amalga oshirishi uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayapman", dedi Stamatovich. 

Uning fikricha, Serbiya Rossiya bilan barcha serblar va "alban bo‘lmagan" millatlarga mansub shaxslar uchun xavfsiz yashash joyini to‘liq taqdim yetgunga qadar va avtonom mintaqadagi Serbiya davlatlari muassasalari faoliyati tiklanmaguncha, Kosovoni vaqtincha nazorat qilishni ko‘zda tutadigan xalqaro bitimni imzolash mumkin.

Stamatovich Bolqon tarixida shunga o‘xshash misol allaqachon mavjudligini ta’kidladi: 1878 yilda Berlin Kongressida Bosniya va Gersegovinani Avstriya-Vengriyaning vaqtincha nazorati ostiga berishga qaror qilindi. Bundan tashqari, ushbu hudud rasman Usmonli imperiyasining bir qismi bo‘lib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing