Siyosatchi AQSHda fuqarolar urushi bo‘lishidan xavotirda ekanini bildirdi
Olam
−
27 fevral 2023
8202AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grinning aytishicha, mamlakat global bo‘linish tomon ketmoqda, bunda Respublikachilar shtatlari demokratlardan ajralib chiqadi. Bu haqda u Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Grin Qo‘shma Shtatlar ichida ziddiyat yuzaga kelishi mumkinligini e’lon qildi va Vashingtonni shtatlarni "ajratish" yo‘lida ushbu ziddiyatdan qochishga chaqirdi.
"Kimdirga yoqadimi yoki yo‘qmi, biz milliy bo‘linish tomon ketyapmiz, lekin men fuqarolar urushi bo‘lishini xohlamayman, bu hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak", deydi u.
Kongressmenning ta’kidlashicha, ayni damda AQSHda Vashington va siyosiy dunyoning haqiqiy amerikaliklar bilan aloqasi butunlay uzilgan.
Grin avvalroq Baydenning Ukrainadagi siyosatini "Xitoyga sovg‘a" deb atagan edi. Uning fikricha, Pentagon mamlakat chegaralarini himoya qilishi va Vashingtonni Rossiya va Xitoy bilan uchinchi jahon urushi yoqasiga olib kelmasligi kerak.
LiveBarchasi