“Sitorai Mohi Xossa”ning bir qismi tarixiy ahamiyatini butkul yo‘qotdi

Madaniyat-san’at

image

Buxorodagi XX asr boshida qurilgan “Sitorai Mohi Xossa” saroyini restavratsiya qilish ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi  matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Sitorai Mohi Xossa” tarixiy majmuasidagi restavratsiya ishlari madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgan.

Xususan, ta’mirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qo‘pol ravishda buzilgan. Majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan.  

Xabarga ko‘ra, agentlik tomonidan o‘rganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Sitorai Mohi Xossa” Buxoro amirlarining yozgi saroyi hisoblanib, asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920 yillar) hukmronligi davrida qurilgan. Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (shundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh tashrif buyuradi.

Avvalroq, “Sitorai Mohi Xossa” saroyida restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani natijasida me’moriy obidaga 28 mlrd so‘mlik zarar yetgani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing