“City” “United”ning yulduzini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Pol Pogba "Manchester United"dan "Manchester City"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “The Gurdian” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” joriy yilning yozida yarim himoyachi Pol Pogbani tekinga o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Fransiyalik futbolchining o‘zi "Manchester City"ga o‘tishga tayyor. Uning Hosep Gvardiola bilan birga ishlash istagi kuchli. Shuningdek, ispaniyalik murabbiy ham 29 yoshli futbolchi jamoasiga foyda keltirishiga ishonmoqda,

Manbaning qayd etishicha, “shaharliklar” Pol Pogbaga bir yilga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan 4 yillik shartnoma taklif qiladi. Qolaversa, Pogbaning oyligi “Manchester United”dagidan sezilarli darajada kam bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi “United” tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 55 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing