“Siti” Valverde uchun 90 mln to‘lashga tayyor – OAV

Sport

image

“Manchester Siti” klubi “Real Madrid” yarim himoyachisi va sardori Federiko Valverde uchun 90 millionlik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli urugvaylik futbolchi “shaharliklar”ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan. “Manchester Siti” uning transferi uchun taxminan 90 million yevro sarflashga tayyor.

O‘tgan mavsumda Valverde barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing