“City” va “United” “West Ham” futbolchisiga ko‘z tikdi

Sport

image

“Manchester City” “West Ham” yarim himoyachisi Deklan Raysni xarid qilish uchun azaliy raqibi “Manchester United”ga raqobat qilishga tayyor. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi

Manchesterning ikki jamoasi Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 100 million funt sterlingdan (128 million dollar) ko‘proq sarf-xarajat qilmoqchi. Futbol ommasi Deklan Raysning bunchalik katta pulga arzishini so‘roq ostiga olib keladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, “Manchester United” Deklanga bo‘lgan qiziqishini birzum bo‘lsa-da, susaytirmadi.

“City” yozda “Borussiya Dortmund” futbolchisi Erling Xolandni sotib olishi haqidagi gaplar tobora haqiqatga yaqinlashib bormoqda. “Shaharliklar” rahbariyati bitta transfer oynasida o‘ta qimmat ikkita futbolchini sotib olishdek tavakkalga qo‘l urmasa kerak. Shu sabab Deklann kelajagini “United” bilan bog‘lashi ehtimolga yaqin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Deklan Rays “West Ham” safida barcha musobaqalar doirasida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Angliyalik 23 yoshli futbolchi “Transfermarkt” portali tomonidan 75 million yevroga baholanmoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing