“Siti” – “Liverpul” bahsi APL tarixidagi eng eng zo‘rimi? Klopp javob berdi

Sport

image

“Liverpul” va “Manchester Siti”ning yillar davomida barqaror futbol namoyish qilayotgani hayratda qoldiradi. Bu haqda “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning so‘zlariga tayanib, “Liverpool Echo” nashri xabar berdi.

Shuningdek, Klopp jurnalistlarning “Siti” va “Liverpul” to‘qnashuvi Angliya Premer ligasi tarixidagi eng kuchlisimi qabilidagi savoliga, ha, deb javob bergan. 

“Siti” – “Liverpul” to‘qnashuvi APL tarixidagi eng kuchlisi? Kim aytdi buni? Jeymi Karragermi? Ha! Har ikki jamoa ham yillar davomida ko‘rsatgan barqarorlik aqldan ozdiradi. Yillar davomida stabillikni ushlab turish oson emasligini tushunamiz. 10 aprel kuni yaxshi o‘yin kutaman. Ha, ko‘pincha ajoyib o‘yin haqidagi umidlar oqlanmasligini bilaman. Lekin bu uchrashuv qiziqarli bo‘lishi kerak, chunki bunga ikkala jamoa ham ishtiyoq bilan yondashmoqda. 

“Manchester Siti” ustidan g‘alaba qozonsak, ulardan ikki ochko oldinda bo‘lamiz. Mag‘lub bo‘lsak, to‘rt ochkoga ortda qolamiz. Agar, durang qayd etilsa, oradagi farq bir ochkoni tashkil qiladi. Bu juda muhim o‘yin. 14 yoki 15 ochko ortda qolganimizda bahsning ahamiyati kamaymas edi”, degan mersisaydliklar klubi bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" "Manchester Siti" bilan 9 ochkolik farqni 1 ochkogacha qisqartirishga erishdi. Ular o‘rtasidagi o‘tgan davradagi uchrashuvda 2-2 hisobida jangovar durang qayd etilgan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing