“City” futbolchisi faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi
Sport
−
16 iyul 2022
3066“Manchester City” va “Arsenal” ukrainalik futbolchi Aleksandr Zinchenkoning transferi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar himoyachini 30 million funt sterlingga transfer qilish bo‘yicha og‘zaki kelishib olgan. Endilikda “kanonirlar” 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini muhokama qilishmoqda. Ya’ni, Zinchenkoning “Arsenal”dagi maoshi va shartnoma muddati masalasini hal qilish kerak.
Qayd etish joizki, Zinchenko Ukraina terma jamoasida ko‘pincha yarim himoyada o‘ynaydi, ammo u “Manchester City”da chap qanot himoyachisi vazifasini bajaradi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda ukrainalik futbolchi “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi