“Siti” 52 million yevrolik transferni amalga oshirishga yaqin turibdi

Sport

image

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” “Lids” yarim himoyachisi Kalvin Fillipsni transfer qilish shartlarini kelishib oldi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fillips uchun to‘lanadigan tovon puli taxminan 52 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, “shaharliklar” o‘zlariga tegishli 18 yoshli yarim himoyachi Darko Gyabini Kalvinning tovon puliga qo‘shib, “Lids”ga jo‘natib yubormoqchi.

Qayd etish joiz, Pep Gvardiola Fillipsni klubni tark etgan Fernandinoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Shu sababdan, Pep “Siti” rahbariyatidan Kalvinning transferni shaxsan o‘zi talab qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, yakunlangan mavsumda Kalvin Fillips “Lids” safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi asosan yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi. “Transfermarkt” portali angliyalik iqtidor egasini 50 mln yevroga baholagan va uning “Lids” bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing