Sirdaryodagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgani, oqibatda 3 nafar fuqaro vafot etib, 29 kishi jabrlangani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Kecha, 2 dekabr kuni Guliston shahridagi “Uz Bek Family” MCHJga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli yong‘in yuz bergan. Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.

Jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sodir bo‘lgan mazkur portlash ortidan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo portlash hukumat komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing