Sirdaryodagi Mudofaa vazirligi omborida portlash yuz berdi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2022
15635Bugun, 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Sirdaryo viloyatidagi omborida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, soat 04:55 da Malik aholi punktidagi omborda yakka tartibda portlash sodir bo‘lgan.
Talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda portlashdan keyin omborga tutash hududdagi xonadonlarning oynalvri sinib ketgani aytilgan.
LiveBarchasi