Sirdaryoda yo‘lsozlik korxonasi mansabdorlari 1,5 mlrdni “rastrata” qilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yo‘l infratuzilmasi ob’ektlarida 1,5 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 2020-2021 yillarda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan tumandagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llari va “Obod qishloq” dasturiga asosan ichki yo‘llarda amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlari nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda, mazkur korxona mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 1 mlrd 525 mln so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) va 209- (“Mansab soxtakorligi”) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing