Sirdaryoda yo‘l ta’mirlashda 450 mln so‘m talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida ko‘chalarni ta’mirlashda jami 450 million so‘m talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi. 

Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar 2021 yilda “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududidagi ko‘chalarni ta’mirlash ishlarini sifatsiz amalga oshirish orqali 307 mln so‘mni talon-toroj qilgan.  Shuningdek, ular hisobotlarga haqiqatda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish yo‘li bilan 143 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Departamentga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing